
Pirlo Dibalaga qanday maslahat berdi?
"Yuventus" klubi sobiq a’zosi Andrea Pirlo joriy mavsum asosan zaxirada qolib ketayotgan jamoaning argentinalik forvardi Paulo Dibalaga o‘z maslahatini berdi.
“Bu mavsum sen asosiy tarkib futbolchisi emasligingni hazm qilish juda qiyin. Bu har qanday futbolchi uchun og‘ir. Paulo maydonga tushish uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilyapti. Agar u Ronaldudan kuchliroq shug‘ullansa, Allegri albatta uni maydonga tushiradi. Sen maydonga tushmayapsanmi, demak yaxshiroq shug‘ullanish kerak. Shunday qilish shart. Dibalaning iqtidoriga esa shubha qilmaslik kerak”, - deydi afsonaviy futbolchi.
Fikrlar