Pogba: “Manchester Yunayted” qaytmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba “Bornmut”ga qarshi (4:1) kechgan APL 20-tur o‘yinidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.  

“Bizga g‘alaba kerak edi va biz chiroyli o‘yin orqali unga erishdik. “Manchester Yunayted” qaytmoqda. Oldinda uzoq yo‘l turibdi, ammo 2018 yilni shu tarzda yakunlash – shunchaki ajoyib.

Sulsher kelganidan keyin nima o‘zgardi? Biz  – “MYu” va turnir jadvalining yuqori qismida bo‘lishimiz kerak. Hozir hamma klubdagi ishdan mamnun va bundan zavq olmoqda. Avvalgi bosh murabbiy qo‘li ostida ham g‘alaba qozonayotgan edik, biroq hozirgi kunda bu ishni boshqacha tarzda amalga oshiryapmiz.

“Manchester Yunayted” ko‘proq hujum qilib, ko‘proq xavfli vaziyatlar yaratmoqda. Biz aynan shunday futbolni ko‘rsatmoqchimiz”, – deya o‘z firklarini bildirdi frantsiyalik futbolchi.

Qayd etish kerakki, so‘nggi uch o‘yinda Pol Pogba 4 ta gol va 4 ta golli pasga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!