Pogba: Turinlik muxlislar meni iliq kutib olishdi

  • 08.11.2018 10:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” klubi xavbeki Pol Pogba kecha “Yuventus”ga (2:1) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“G‘alaba qozonganimiz juda ajoyib bo‘ldi va bu eng muhimidir. Qolaversa, muxlislar bugun meni iliq kutib olishdi, buning uchun ularni qadrlayman. Biz bugun kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik, muhimi esa bu uch ochkoni qo‘lga kiritganimizdir.

Biz bugun jamoaviy o‘yin ko‘rsatdik va oxirigacha kurashdik. Balkim o‘yin so‘nggida bizda ikkinchi nafas ochilgandir”, - deydi frantsiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Pogba MYuga o‘tgunicha aynan "Yuventus"da to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!