Portugaliyalik mashhur mutaxassis Qatar terma jamoasi boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi mumkin
Qatar terma jamoasi yaqindagina “Monako”dan iste’foga chiqarilgan murabbiy Leonardu Jardimni o‘z safiga chorlamoqda.
France Football nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Qatar futbol assotsiatsiyasi 44 yoshli portugaliyalik mutaxassisning terma jamoani o‘z mezbonligida o‘tadigan JCh-2022ga munosb tayyorlay olishiga ishonmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Qatar terma jamoasini ispaniyalik Feliks Sanches Bas boshqarib bormoqda. U ushbu lavozimga 2017 yil tayinlangan edi.
Fikrlar