Professional boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati barcha finalchilari aniqlandi

  • 18 iyul, 2018, 09:19
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Samarqand shahri mezbonlik qilgan professional boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati ikkinchi yarim final janglaridan so‘ng barcha finalchilar nomi aniqlandi.

10 vazn toifasida o‘tkazilgan janglarda Doniyor Rahimboev (Xorazm), Olim Nazarov (Toshkent shahri), Akmalshoh To‘raev (Buxoro), Mehroj Mavlyanov (Samarqand), Ulug‘bek Do‘stmurodov (Navoiy), Akromjon Mamajonov (Farg‘ona), Muhiddin Rajabboev (Toshkent), Shohruh Kamoldinov (Toshkent shahri), G‘aybullo Qo‘chqarov (Namangan) raqiblaridan ustun kelib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Yarim final imkoniyatni boy bergan sportchilar uchinchi o‘rin kurash olib borishadi.

Eslatib o‘tamiz, dastlabki yarim final janglari Andijon viloyati Xonobod shahrida o‘tkazilgan edi.

Final juftliklari bilan tanishing:

50 kg: Shahzodbek Sharobiddinov (Andijon) – Doniyor Rahimboev (Xorazm)

53 kg: Nurjan Serikov (Navoiy) – Olim Nazarov (Toshkent)

57 kg: Beksulton Raushanov (Toshkent vil.) – Akmalshoh To‘raev (Buxoro)

61 kg: Burgut Hojiboev (Namangan) – Mehroj Mavlyanov (Samarqand)

63 kg: Abdurasul Ismoilov (Xorazm) – Ulug‘bek Do‘smurodov (Navoiy)

66 kg: Muhammadsalim Sotiboldiev (Toshkent shahri) – Akromjon Mamajonov (Farg‘ona)

69 kg: Muzaffar Rashidov (Surxondaryo) –  Akmalxon Jamolxonov (Farg‘ona)

76 kg: Rajapboy Atanazarov (Xorazm) – Muslim Olimov (Farg‘ona)

79 kg: Shahzod Mauzerov (Surxondaryo) – Shohruhbek Kamoldinov (Toshkent)

+90 kg: Renat Rahimov (Qoraqalpog‘iston) – G‘aybullo Qo‘chqorov (Namangan)

Final janglari o‘tkazilish joyi va sanasi yaqin vaqt ichida ma’lum bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!