
Promes "Sevilya"da qaysi raqamda o‘ynaydi? (FOTO)
Avval xabar berganimizdek kecha "Sevilya" Moskvaning "Spartak" klubi yarim himoyachisi Kvinsi Promesning transferini rasman e’lon qildi.
Unga ko‘ra andalusiyaliklar 26 yoshli gollandiyalik futbolchi uchun rus klubiga 21 million evro to‘lashdi. Futbolchining o‘zi esa yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Endi Promes "Sevilya" safida 21-raqam ostida to‘p suradigan bo‘ldi.
Fikrlar