Qashqadaryo viloyatida ham "Umid nihollari" musobaqalari o‘z nihoyasiga etdi (foto)
Joriy yilgi “Umid nihollari - 2018” musobaqalarining viloyat final bosqichi o‘ziga xos qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tdi, - deydi Chiroqchi tuman 1-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori, jamoa bosh murabbiyi Farhod Jumanov.
– Tumanimizdan saralangan o‘quvchilar final bosqichida bor mahoratlarini ishga solib, shiddatli o‘yinlar o‘tkazishdi. Ayniqsa, faxrli o‘rinlarni egallash uchun kechgan bahslarda shogirdlarimizning sportdagi mahoratlariga tan bermay iloj yo‘q. “Umid nihollari- 2018” yakuniga etdi. Biroq, eng quvonarlisi, kuchli uchlikdan joy olgan o‘quvchilarimiz orasida milliy terma jamoalarimizga munosib nomzodlar bo‘y ko‘rsatdi. Bugun medallarga ega bo‘lgan sportchi-o‘quvchilarimiz yaqin kelajakda xalqaro musobaqalarning g‘oliblariga aylanishi bor haqiqat. Zero, buning uchun bizda sharoit ham, imkoniyat ham etarli.



Ilhom RAHMONOV Qashqadaryodan SPORTS.uz uchun maxsus.

Fikrlar