
RPL. Afonin jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi, Shomurodov esa...
Vadim Afonin to‘p tepadigan "Orenburg" bu tur safarda "Axmat"ga qarshi bahs olib bordi. Mazkur o‘yinda Anxel 22-daqiqada hisobni ochdi. 67-daqiqada esa Vadim Afonin raqib jarima maydoni ichida yuzaga kelgan pala-partishlikdan unumli foydalanib, muvozanatni tikladi va jamoasining Grozniy safaridan 1 ochko olishiga sababchi bo‘ldi.
Eldor Shomurodovning "Rostov"i esa o‘z uyida "Ufa"ni enga olmadi. Shomurodovning o‘zi esa zaxirada qoldi.
Fikrlar