Rafinya: Biz Neymar haqida gaplashmaymiz
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Rafinya Alkantara ayni damda PSJda to‘p surayotgan sobiq jamoadoshi Neymarning yana “ko‘k-anor ranglilar”ga qaytishi mumkinligi borasidagi mish-mishlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“Neymar? Biz u haqda gaplashmaymiz. Biroq, futbolchi sifatida, qolaversa “Barselona”ning bir muxlisi sifatida ham uning qaytib kelishidan xursand bo‘lgan bo‘lardim. Bu qarorni Neymarning o‘zi qabul qilishi kerak. Uning “Barsa” uchun qilgan mehnatlarini va kelajakda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan xizmatlarini inobatga olganda, bu juda yaxshi xarid bo‘lgan bo‘lardi.
U Barselonani sog‘inadimi? Albatta, u dunyoning eng chiroyli shaharlaridan biri”, - deydi braziliyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2017 yilning yozida 222 mln evro evaziga “Barselona”dan PSJga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar