
Rasman! Golovin - "Monako" futbolchisi
Moskvaning TsSKA klubi hamda Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Golovin rasman faoliyatini “Monako”da davom ettiradigan bo‘ldi.
Monakoliklar rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli futbolchi tibbiy ko‘riklardan muvaffaqiyatli o‘tgan va yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Biroq, kelishuvning moliyaviy tomonlari hozircha oshkor etilmayapti.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Monako” ushbu transfer uchun moskvaliklarga 30 mln evro to‘lashi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar