Rasman! "Leganes" "Barsa" yarim himoyachisi bilan shartnoma imzoladi
"Barselona" klubi yarim himoyachisi faoliyatini "Leganes"da davom ettiradi.
"Leganes" klubi rasmiy veb-sayti xabar berishicha, Arnaisning transferi 5 million evroga amalga oshdi. "Ko‘k-anor ranglilar" 500 ming evro bonus tariqasida olishadi.
23 yoshli xavbek yangi jamoa safida 5 yil to‘p tepadi, biroq "Barsa" futbolchini qayta sotib olish huquqiga ega.
Xose asosiy tarkibda Ispaniya Kubogi doirasida 4 uchrashuvda maydonga tushib 3 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.





Fikrlar