Rasman! Ramos endi “Barselona”da o‘ynaydi (FOTO)
Braziliyaning "Gremio" klubi xavbeki Artur Ramos rasman "Barselona"ga ko‘chib o‘tdi.
Kataloniyaliklar rasmiy sayti tarqatgan xabarga qaraganda 21 yoshli braziliyalik futbolchi “ko‘k-anor ranglilar” bilan 6 yillik shartnoma imzolagan. Uning transferi uchun esa “Barselona” “Gremio”ga 31 mln evro va unga qo‘shimcha yana 9 mln evro bonus to‘laydi. Aytish kerakki, shartnomaga ko‘ra Ramosning tovon puli 400 mln evro etib belgilangan.


Fikrlar