Rasman! "Real" darvozaboni ingliz klubiga ko‘chib o‘tdi

  • 17 yanvar, 2019, 16:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Lids" klubi rasman "Real" darvozaboni Kiko Kasilya bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda 32 yoshli ispaniyalik darvozabon Chempionship vakili safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan va 2023 yilga qadar shartnoma imzolagan. U yangi jamoasida 33-raqamda to‘p suradi.

Eslatib o‘tamiz, Kasilya “Real” sharafini 2015 yildan buyon himoya qilib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida “qirollik klubi” safida jami 43ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 50ta gol o‘tkazib yuborgan.

Kasilyaning yangi jamoasi “Lids” esa Chempionshipning ortda qolgan 27ta tur yakunlariga ko‘ra eng yaqin ta’qibchisini 4 ochkoga ortda qoldirgan holda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!