Rasman! UFC 229 tartibsizliklar tufayli Tuxugov - Lobov bahsi bekor qilindi

CHERY AUTO

Aralash yakkakurashlar jangchisi Artyom Lobovning menejeri TASS nashriga bergan intervyusida Lobovning Zubayra Tuxugovga qarshi bahsi bekor qilinganligi haqida aytib o‘tdi.

Tecno

Bunga sabab, UFC 229 turnirida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar bo‘ldi. UFC prezidenti Deyna Uayt ushbu holatdan so‘ng ba’zi bir jangchilar bilan shartnomani bekor qilishini e’lon qilgandi. Zubayra Konorga tarsaki tushirgandi.

Eslatib o‘tish joizki, Tuxugov - Lobov qarama-qarshiligi 27 oktyabr kuni Kanadada bo‘lib o‘tishi kerak edi. Artem Lobov Konor MakGregorning sparring hamkori, u 13 g‘alaba va 14 mag‘lubiyatga uchragan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!