Rasman! "Zenit" Azmunni sotib oldi

  • 2 fevral, 2019, 09:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eron terma jamoasi va Qozonning "Rubin" klubi forvardi Sardor Azmun faoliyatini "Zenit"da davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

Piterliklar rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolagan. Transfer bahosi esa 12 mln evroni tashkil etdi.

Ma’lumot uchun, Azmun joriy mavsum “Rubin” safida jami 17ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Eron terma jamoasida esa 24ta o‘yinda ishtirok etib, 15ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!