"Real" - "Melilya" 6:1 (video)
Avval xabar berganimizdek bundan biroz avval Ispaniya kubogi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan "Real" hamda "Melilya" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi.
"Santyago Bernabeu" stadionida kechgan bellashuvda madridliklar 6:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Yodingizda bo‘lsa, ilk uchrashuvda "qirollik klubi" raqib darvozasiga javobsiz 4 ta gol kiritgan edi. Shu tariqa, Santyago Solari shogirdlari 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
"Real" La Ligada ortda qolgan 14 turdan so‘ng turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. "Melilya" esa uchinchi divizionda o‘z guruhida 15 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar