"Real" 20 yoshli braziliyalik futbolchiga qiziqib qoldi
Madridning “Real” klubi skautlari Braziliya bozorida o‘zi uchun mahoratli futbolchilarni izlashda davom etmoqda.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” vakillarining e’tibori “Korintians” yarim himoyachisi Pedrino Delminoga tushgan. Aytish kerakki, ushbu futbolchi universal hisoblanib, kerak vaziyatda hujumning har ikkala qanotida, shuningdek hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasida ham to‘p sura oladi.
Ta’kidlash kerakki, 20 yoshli braziliyalik futbolchining shartnomasiga ko‘ra tovon puli 50 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar