"Real" Ikardini bor yo‘g‘i 40 mln evroga sotib olishi mumkin
"Inter" forvardi Mauro Ikardi faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Real" 26 argentinalik futbolchining “neradzurrilar” bilan oralarida paydo bo‘lgan mojarodan foydalanib, uni bor yo‘g‘i 40-50 mln evro atrofida xarid qilishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ikardi “Inter” bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayotgani sabab sardorliq bog‘ichidan mahrum etilgan edi. Shundan buyon u ketma-ket 5ta o‘yinni o‘tkazib yubordi.

Fikrlar