"Real" Ikardining transferiga Benzemani qo‘shishga tayyor
Madridning "Real" klubi "Inter" forvardi Mauro Ikardini sotib olish borasida umidini uzmayapti.
Don Balon nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” ushbu transferga o‘zining frantsiyalik hujumchisi Karim Benzemani qo‘shishga tayyor. O‘z navbatida Benzema ham “neradzurrilar” safiga o‘tishga qarshi emas.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” Ikardi uchun 110 mln evro taklif qilishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar