"Real" Ronalduga munosib o‘rinbosarni aniqladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Yuventus"ga o‘tib ketganidan so‘ng uning o‘rniga munosib o‘rinbosar qidirishda davom etmoqda.

Madrid klubi hozirda bu o‘ringa "Inter" a’zosi Mauro Ikardini munosib nomzod deb qaramoqda, deya xabar beradi Goal nashri. Klub rahbariyati 25 yoshli argentinalik futbolchining Ronaldu o‘rnini bildirmasligiga ishonchi komil.

Shuningdek, Ikardi nomzodini "qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres faol qo‘llab-quvvatlamoqda.

Ikardi o‘tgan mavsum "Inter" safida 36 o‘yinda 29 golga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!