"Real" Salah va Keynni sotib olmoqchi bo‘lgan
Madridning "Real" klubi yozgi transferlar mavsumida ikki nafar mahoratli futbolchi bilan shartnoma imzolashmoqchi bo‘lgan.
Shu maqsadda Madrid klubi "Tottenxem" hujumchisi Garri Keyn va "Liverpul" etakchisi Muhammad Salahni tarkibga qo‘shib olishga urinib ko‘rdi, deya xabar beradi El Pais nashri.
Biroq har ikki transfer ham yakunda amalga oshmadi. "Tottenxem" Keynni sotishdan bosh tortgan bo‘lsa, Salah mersisaydliklar bilan shartnoma uzaytirishga qaror qildi.
"Real" esa hamon "Yuventus"ga yo‘l olgan Krishtianu Ronalduga o‘rinbosar qidirishda davom etmoqda.



Fikrlar