"Real Sosedad" futbolchisi yurak xurujini boshdan kechirdi
Ispaniyaning "Real Sosedad" klubi yarim himoyachisi Luka Sangali yurak xurujini boshdan kechirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra ushbu holat tufayli 23 yoshli futbolchi zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ayni damda uning hayotiga hech qanday xavf yo‘q, ammo u baribir shifoxonada qolmoqda.
Ma’lumot uchun, Sangali "Real Sosedad" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U jamoaning asosiy tarkibida avgust oyidan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum jami 6ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar