"Real" darvozabonini "Leganes"ga ijaraga berdi

  • 28.08.2018 01:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi darvozabon Andrey Luninni ijaraga berib yubordi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 19 yoshli ukrainalik futbolchi yangi mavsumni "Leganes" safida o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” Luninni joriy yoz Ukrainaning “Zarya” klubidan 8 million evro evaziga xarid qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!