"Real" hujumchisi noma’lum muddatga safdan chiqdi

  • 7 dekabr, 2018, 16:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi forvardi Mariano Dias kecha "Melilya"ga (6:1) qarshi bo‘lib o‘tgan Ispaniya  1/16 final bosqichida jarohat oldi.

Tecno

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 25 yoshli braziliyalik futbolchining jarohati mushaklari bilan bog‘liq. Uning qachon safga qaytishi esa tez orada o‘tkaziladigan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Eslatib o‘tish lozimki, Dias o‘tgan oy ham xuddi shunday jarohat bilan bir necha haftani o‘tkazib yuborgan edi.

Ma’lumot uchun, Dias joriy mavsum “Real” safida jami 10ta o‘yinda maydonga tushdi va bor yo‘g‘i 1ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!