“Real” muxlislari Beyl o‘rniga Iskoni maydonga ko‘rishni istamoqda

  • 18 aprel, 2017, 11:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Ispaniyaning AS gazetasi o‘z muxlislari orasida qiziqarli so‘rovnoma o‘tkazdi. So‘rovnomada muxlislar “Bavariya”ga qarshi o‘yinda qaysi futbolchilarni ko‘rishni istashi so‘ralgan.

Aksariyat o‘quvchilar myunxenliklarga qarshi o‘yinda Garet Beyl o‘rniga Iskoni asosiy tarkibda ko‘rishni istayotgani ma’lum bo‘ldi.

Katta ehtimol bilan Beyl bo‘lajak o‘yinni qo‘yib yuboradi. Avvalroq uelslik xavbek  jarohat olgani ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, EChL chorak finali ilk o‘yinida “Real” safarda “Bavariya”ni 2:1 hisobida taslim qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!