"Real" qishda Ikardi uchun "Inter"ga 100 mln evro taklif qiladi

  • 6 noyabr, 2018, 14:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi qishki transferlar davrida "Inter" forvardi Mauro Ikardini sotib olmoqchi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra “qirollik klubi” 25 yoshli argentinalik futbolchini o‘zining frantsiyalik forvardi Karim Benzemaning o‘rniga munosib ko‘rmoqda. Buning uchun esa “neradzurrilar”ga 100 mln evro taklif qilmoqchi. Qayd etish lozimki, Ikardining o‘zi ham "Santyago Bernabeu"ga ko‘chib o‘tishga  rozi.

Ma’lumot uchun, Ikardi “Inter” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 193ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 115ta gol hamda 25ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!