"Real" urugvaylik futbolchi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda

  • 10.09.2018 16:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Urugvay yoshlar terma jamoasi himoyachisi Xose Luis Rodriges “Real”ga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi.

“Ushbu imkoniyat avgust oxirida paydo bo‘ldi. Hozir agentim “Real” bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Umid qilamanki tez orada biz kelishuvga erishamiz”, - deydi Rodriges.

Ma’lumot uchun, Rodriges Urugvayning "Danubio" klubi sharafini himoya qiladi. U ushbu klub safida jami 51ta o‘yinda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!