"Real" va "Barselona" so‘nggi marta qachon bir kunda mag‘lub bo‘lishgan?
Xabaringiz bor kecha Ispaniya La Ligasining 6-turida musobaqa favoritlari hisoblangan “Barselona” va “Real” mag‘lubiyatga uchrashdi.
Aniqrog‘i, kataloniyaliklar “Leganes”ga (2:1), madridliklar esa “Sevilya”ga (3:0) imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.
E’tiborlisi, “Real” va “Barsa” so‘nggi 3 yil ichida ilk marta bir kunda mag‘lub bo‘lishdi. Ta’kidlash kerakki, so‘nggi bor bunday holat 2015 yilning 4 yanvar kuni sodir bo‘lgan edi.

Fikrlar