"Real"ga hujumchi kerak

  • 18 avgust, 2018, 16:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi jamoa rahbariyatidan hujumchi sotib olishni talab qilmoqda.

Biroq, "qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres jamoa hozirgi tarkibi bilan ham yana Chempionlar ligasida g‘oliblikka erishishi mumkinligini aytgan. Biroq, Lopetegi transfer derazasi yopilgunicha jamoaga yana bir hujumchi olib kelmoqchi. U jamoaga top darajadagi hujumchini olib kelish imkoni biroz qiyinroq ekanligini tushinib turibdi va shuning uchun ham nisbatan qimmat bo‘lmagan futbolchi sotib olishga ham rozi.

Bu borada "Real"ning asosiy maqsadi jamoaning ikki iqtidorli tarbiyalanuvchilari - Rodrigo ("Valensiya") yoki Mariano Diasalardan ("Lion") birini ortga qaytarishdir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!