
"Real"ning 18 yoshli futbolchisi Braziliya terma jamoasiga chaqirildi
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite yaqinlashib kelayotgan o‘rtoqlik o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi.
E’tiborlisi, Tite bu safar “Real”ning 18 yoshli hujumchisi Vinisius Juniorni ham chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi dastlab 23 mart kuni Panama, 26 mart kuni esa Chexiya terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar