“Real”ning “Sevilya”ga qarshi Kubok o‘yini uchun qaydnomasi e’lon qilindi
Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Sevilya”ga qarshi Ispaniya Kubogi nimchorak final ilk o‘yini uchun qaydnomani e’lon qildi.
Avval ma’lum qilinganidek, jarohatlari tufayli Pepe va Serxio Ramos ushbu o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Shuningdek, frantsiyalik mutaxassis “Qirollik klubi” etakchisi Krishtianu Ronalduga dam berdi.
Quyida “Sevilya” bilan o‘yinda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar bilan tanishing.
Darvozabonlar: Keylor Navas, Kiko Kasilya, Ruben Yanes.
Himoyachilar: Daniel Karvaxal, Rafael Varan, Nacho Fernandes, Marselo, Fabiu Koentrau, Danilo.
Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Xames Rodriges, Kazemiro, Marko Asensio, Luka Modrich, Martin Edegor, Isko.
Hujumchilar: Alvaro Morata, Karim Benzema. Mariano Dias.

Fikrlar