Reshfordga "Manchester Yunayted"dan ketishni maslahat berishmoqda
Angliyalik mashhur futbolchilardan biri Jeymi Karrager mamlakatning bo‘lajak yulduzi Markus Reshfordga "Manchester Yunayted"dan ketishni maslahat berdi.
“Markus har hafta o‘ynashi kerak. U hozircha top darajadagi futbolchi emas, lekin agar u jamoasini almashtirsa, 23-24 yoshda bunga erishishi mumkin. Masalan, “Everton” rivojlanish uchun yaxshi jamoa. Ushbu jamoa APLda kuchli oltilikda bormoqda va bu Reshford uchun eng ideal joy bo‘lishi mumkin”, - deydi sobiq futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, 20 yoshli Reshford joriy mavsum MYu safida jami 3ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar