
Riberi: "Bavariya"ga yana qaytaman
Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Frank Riberi kelajakda ushbu jamoaga albatta qaytishi haqida gapirdi.
“Bavariya” – mening oilam. Men o‘z tariximni aynan shu erda yozdim. Agar klub joriy mavsum chempionlikni qo‘lga kiritsa, u holda men 9 karra Bundesliga chempioni bo‘lgan “Bavariya” tarixidagi birinchi futbolchiga aylanaman.
Agar men “Bavariya”dan ketsam, albatta yana bu erga qaytaman. Biroq, boshqa rolda. Bu narsa xatto shartnomamda ham yozilgan”, - deydi frantsiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Riberi “Bavariya” sharafini 2007 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 411ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 122ta gol hamda 180ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi esa joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar