"Roma" qishda kimlarni sotib olishga harakat qiladi?
Rimning "Roma" klubi sport direktori Ramon Monchi “bo‘rilar”ning yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davridagi ko‘zlagan xaridlari haqida ma’lum qildi.
Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha rimliklar yanvarla "Chelsi"dan himoyachi David Dzappakosta, "Borussiya" Dortmunddan yarim himoyachi Yulian Vaygl va "Atletiko"dan yana bir yarim himoyachi Tomas Parteylarni sotib olishga urunib ko‘rishadi.
Yuqoridagi futbolchilarning jamoaga kelishiga shaxsan jamoa bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko ham qiziqish bildirmoqda. Ammo, uning o‘zining jamoadagi taqdiri so‘roq ostida turibdi.

Fikrlar