"Roma"da Alissonning o‘rnini egallaydigan darvozabon Rimga etib keldi (FOTO)

  • 24.07.2018 10:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Shvetsiya terma jamoasi hamda Daniyaning "Kopengagen" klubi darvozaboni Robin Olsen "Roma" bilan shartnoma imzolash uchun Rimga etib keldi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra 28 yoshli posbon tibbiy ko‘riklardan muvaffaqiyatli o‘tsa, “bo‘rilar” bilan shartnoma imzolaydi. Ma’lumotlarga qaraganda uning transferi “Roma” uchun 12 mln evroga tushadi.

8f7e70305110.jpg

Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun avval “Roma” o‘zining asosiy darvozaboni Alisson Bekerni “Liverpul”ga rekord (62,5 mln evro) mablag‘ evaziga transfer qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!