Ronaldu va Koentrau "Real" mashg‘ulotida "urishib ketishdi" (video)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi


Ma’lumki, 3 iyun kuni Madridning “Real” klubi EChL final uchrashuvida Turinning “Yuventus” jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Mavsumning ushbu muhim o‘yiniga har ikki jamoa jiddiy hozirlik ko‘rmoqda.

“Real”ning navbatdagi mashg‘ulotlarida jamoaning portugaliyalik a’zolari Krishtianu Ronaldu va Fabio Koentrau bir-biri bilan hazillashib urishib ketishdi.

Eslatib o‘tamiz, final bahsi Uels poytaxti Kardiff shahrida bo‘lib o‘tadi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!