Ronaldu va Zidansiz “Real”da qanday o‘zgarishlar yuz berdi?

  • 5 oktabr, 2018, 21:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Zinedin Zidan “Real”dan may oyi oxirida ketdi. Krishtianu Ronaldu esa Madridni iyul o‘rtasida tark etdi. Klub esa ikki yarim oy ichida yangi murabbiy olib keldi va UEFA superkubogida va EChLda TsSKAga mag‘lubiyatga uchradi.

Jamoaga yangi murabbiy bo‘lib kelgan Xulene Lopetegi “Real”ga bir qancha o‘zgartirishlar olib keldi.

1. Darvozabonni o‘zgartirdi

Keylor Navas so‘nggi ikki mavsumda o‘ziga yana bir necha yil asosiy tarkibdagi joyi kafolatlanganday o‘ynadi, ammo yozda “Real” rahbariyati unga raqobatchi olib kelishga qaror qildi. Madridliklar Tibo Kurtuaning ulkan orzusini – “Real”da o‘ynash –  amalga oshirishdi va buning uchun “Chelsi”ga 32 mln evro to‘ladi.

“Real” tarkibiga JCh-2018 turnirining eng yaxshi darvozaboni kelganiga qaramasdan Ispaniya chempionati yangi mavsum ilk uchrashuvlarida Navas “qirollik klubi” darvozasini qo‘riqladi, ammo ammo “Leganes”ga qarshi  ishonchli o‘yinda Madrid klubi darvozasini aynan Kurtua qo‘riqladi. Qisqasii, u qiziqarli statistik faktni bera oldi: Bitta o‘yinda Kurtuaning uzoq masofaga to‘p oshirish o‘rtacha aniqligi 58%ni tashkil qilgan. Tibodan oldin bu natijani faqatgina Kasilyas qayd etgan. 2006 yilda 61,54%.

2. Garet Beylning o‘yin uslubi o‘zgardi

Football Manager na mobil  o‘yinlarida “asosiy hujumkor o‘yinchi” deb ataladigan alohida pozitsiya bor. Agar siz “Real”ni tanlagan bo‘lsangiz, bu joyda Ronaldu harakat qiladi va hech bo‘lmaganda raqib darvozasiga bitta to‘p kiritadi. Real hayotda bir nechta mavsumda u Madrid superklubida aynan ushbu pozitsiyada harakat qildi.

G. Bale

Biroq Ronaldu endi bu jamoada emas, rahbariyat uning o‘rnini bosuvchi futbolchi uchun “tonnalab” pulni sarflashni xohlamadi. Balki uning o‘rnini bosuvchi futbolchini jamoadan topib qo‘ya qoldi. Bunga ayna Garet Beyl juda mos keldi. Bir tomondan uelslik futbolchi qanotda xuddi shu ishni qilib kelardi. Boshqa tomondan esa uning jamoadagi roli tubdan o‘zgardi. Endi u Ronaldu va Benzema hujumlarini tashkil qilmaydi. U markazdan Modrich va Kroos uzatgan to‘plar bilan shug‘ullanadi va ularni zarbaga aylantiradi. Beyl ayni damda Krishtianuning o‘tgan mavsumdagi o‘zginasi. Ronaldu ketganidan keyin u bu taktikaga o‘zganish uchun qattiq ter to‘kdi va hali ham harakat qilmoqda.Oldin u Ronaldu bor vaqtda o‘ng qanotda ko‘proq yugurgan bo‘lsa, Lopetegi endi unga Isko va Asensio ishiga aralashishga ham ruxsat berdi.

3. Lopetegi o‘zgaruvchan futbol namoyish etmoqda

Birinchidan, Bu Lopetegi tajribali va kuchli futbolchilardan foydalanayotganligi bilan bog‘liq. Masalan, Marselo Madrid derbisida ishtirok etmadi. Uning o‘rniga chap qanotda markaziy himoya Nacho harakat qildi. Lopetegi shuningdek, Kazemironi markazdan teparoqqa chi qardi. Marselo deryali 35% jamoa hujumlarida ishtirok etmoqda. O‘tgan mavsum Modrich hujum chizig‘ida eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lgan edi, ammo endi yarim himoyachi o‘z joyiga qaytdi.

Benzema_1

Ikkinchidan, Lopetegi davrida “Real” hujumi ham o‘zgardi. O‘tgan mavsum Benzema yagona nominal hujumchi bo‘lgan bo‘lsa, murabbiy uni ko‘p ham o‘zgartirishga harakt qilmadi. Lopetegi kelganidan keyin hujumchi qo‘shimcha vazifalarni oldi: endi u hujum tashkil qilinishida orqaroqqa qaytish ham kerak bo‘lmoqda. BU o‘zi uchun ham vaziyatlar yaratilishi yordam beradi deb hisoblamoqda murabbiy. Bu uslubda u hattoki, Joze Mourino davrida ham o‘ynamagan edi. Shuning uchun “Atletiko” bilan o‘yinga qadar Benzemaning yangi “pozitsiyada” to‘rt o‘yinda raqib darvozasiga birorta zarba bera olmaganidan hayratlanmasa ham bo‘laveradi.

***

Yangi “Real” – topishmoq. Klub asosiy yulduzlar, afsonaviy murabbiylar bilan xayrlashdi, ammo yomon bo‘lmagan futbol namoyish qilishda davom etmoqda. Madrid derbisiga qadar ispan jurnalistlari “qirollik klubi”ni pozitsion kurashda va qarshi hujumlarda juda yomon o‘ynaganliklarini qayd etishdi. “Atletiko” bilan bo‘lgan o‘yin “Real”ning bu xatolarni qaysidir ma’noada to‘g‘rilaganini ko‘rsatdi, biroq EChL guruh bosqichi 2-turida TsSKA bilan bo‘lgan o‘yindagi mag‘lubiyat bir qator hal etilishi kerak bo‘lgan muammolar borligini ko‘rsatdi. Xulen Lopetegi klub bilan ishlamoqda va u hattoki Krishtianu Ronaldusiz ham o‘sishiga qattiq ishonmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!