Sabina Sharipova Germaniyada yarim finalga chiqdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, Germaniyaning Darmashtadt shahrida ayollar o‘rtasida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom  etmoqda. O‘zbekistonning birinchi raketkasi Sabina Sharipova yakkalik bahslarida ilk bosqichda avstraliyalik Juliya Graber bilan bahs olib borib, 2:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy bergani haqida ma’lumot bergan edik.

Fyuchers. Sabina ilk raunddayoq kurashdan chiqdi 

Qayd etish joiz, hamyurtimiz juftlik bahslarida muvaffaqiyatli odimlamoqda. Rossiyalik Yana Sizikova bilan juftlik bahslarida kurashga qo‘shilgan Sabina chorak finalda Juliya Kimmelmann/Natali Proesen(ikkalasi Germaniya)juftligi bilan o‘zaro  bahs olib bordi.

Yarim final uchun kechgan o‘yinda Sabina va Yana raqibalarini 6:2, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdilar va yarim finalga yo‘l oldilar.

Bugun final uchun bahsda hamyurtimiz va uning sherigi Samir Sandra(Misr)/ Katin van Dich(Lixtenshteyn) juftligi bilan kuch sinashadi.

Ushbu o‘yin qanday hisob bilan yakuniga etgani haqida birozdan so‘ng, xabar beramiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!