Sabina Sharipova go‘zal tennischilar ro‘yxatida nechanchi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xotin-qizlar tennis uyushmasi - WTA yangi reyting jadvalini e’lon qildi. Unga ko‘ra kuchli yigirmalikda o‘zgarish kutilmadi.

Unda ruminiyalik Simona Xalep 6175 ochko bilan birinchi pog‘onada bormoqda. Ispaniyalik Garbin Mugurusa 6135 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, 6015 ochko jamg‘argan daniyalik Karolin Voznyaski dunyoning uchinchi raqamli tennischisi bo‘lib turibdi.

Umidli tennischimiz Sabina Sharipova jadvalda 163 pog‘onada borayotgan bo‘lsa, rossiyalik Mariya Sharapova 60 o‘rinni egallagan.

WTA Reytingi. 2017 yil 11 dekabr kuchli yigirmalik:

  1. (1) Simona Xalep (Ruminiya) - 6175 ochko
  2. (2) Garbin Mugurusa (Ispaniya)- 6135
  3. (3) Karolin Voznyatski (Daniya) - 6015
  4. (4) Karolina Plishkova (Chexiya) - 5730
  5. (5) Vinus Uilyams (AQSh) - 5597
  6. (6) Elina Svitolina (Ukraina) - 5500
  7. (7) Elena Ostapenko (Latviya) - 5010
  8. (8) Karolin Garsiya (Frantsiya) - 4385
  9. (9) Yoxanna Konta (Buyukbritaniya) - 3610
  10. (10) Koko Vandevege (AQSh) - 3258
  11. (11) Kristina Mladenovich (Frantsiya) - 2935
  12. (12) Svetlana Kuznetsova (Rossiya) - 2856
  13. (13) Sloan Stivens (AQSh) - 2802
  14. (14) Yuliya Gyorges (Germaniya) - 2655
  15. (15) Anastasiya Pavlyuchenkova (Rossiya) - 2485

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!