Sabina finalda, Nigina yarim yo‘lda qoldi
Farg‘onada xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro tennis turnirining finalchilari aniqlandi.
Birinchi raqamda saralangan Sabina Sharipova yarim finalda ukrainalik Valeriya Straxova bilan kuch sinashdi. Ikki soatu 15 daqiqa davom etgan bellashuv hamyurtimizning 4:6, 6:2, 7:6 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Nigina Abduraimova esa yarim final uchrashuvini rossiyalik Elena Ribakinaga qarshi o‘tkazdi. Bu bahsda rossiyalik tennischi oson g‘alabaga erishdi - 6:2, 6:1.
Endi finalda Sabina Sharipova Elena Ribakinaga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar