Sablyachilarimiz JChdagi yakkalik bellashuvlarini yakunlashdi

CHERY AUTO

Ayni kunlarda Qozog‘istonda pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha "Oltin mergan" nomli xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarlisi, ushbu musobaqada bahs olib borgan vakillarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etishyapti. 

Milliy Olimpiya qo‘mitasining matbuot xizmati berayotgan xabarga ko‘ra, ekaklar o‘rtasida pnevmatik miltiqdan o‘q otish bahsida erkaklar o‘rtasida ham, ayollar o‘rtasida ham vakillarimiz birinchi o‘rinni egallashgan. 10 metr masofada o‘tkazilgan bahsda Rio Olimpiadasi, Nankin o‘smirlar Olimpiadasi ishtirokchisi Vadim Skorovarov hamda London Olimpiadasi qatnashchisi Sakina Mamedova oltin medal egasi bo‘lishgan. Shuningdek, Zaynab Pardaboeva shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!