Sadriddin Abdullaev: "Paxtakor" - mening yuragimdagi jamoa

  • 2 avgust, 2018, 04:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chiroyli o‘yin bo‘ldi. Hali hammasi oldinda, chempionlik uchun kurash yanada qattiqroq bo‘ladi. Uchrashuvning boshida charchab qoldik, anchagina qiynaldik. O‘tgan turda "Paxtakor"dan bir kun keyin bahsda qatnashgandik. Umuman olganda, bir kun katta rol o‘ynaydi. Chunki bizning tiklanishimiz hali o‘z maromiga etmagandi. Keyinchalik sekin-sekin o‘zimizga keldik va o‘yinimizni ham o‘zgartira oldik. To‘g‘risini aytsam, boshqacharoq natija kutgandik.

Tecno

"Paxtakor" mening yuragimdagi jamoa. Bu erda tarbiyalanganman. Hozir ham "Paxtakor"ni yaxshi ko‘raman, muxlislik qilaman. Endi esa boshqacha holat. Boshqa jamoa tarkibida o‘ynab, sevimli klubinga qarshi o‘yinda qatnashish - bu futbolning bir bo‘lagi. Barcha natija uchun kurashadi. Chempionlik uchun kurashadigan barcha olti jamoada ham imkoniyat bir hil", - deb aytib o‘tdi tajribali futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!