
Saida’lo Saidkarimov chorak finalda
Pokistonning Islomobod shahrida erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan “Fyuchers” turnirida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Saida’lo Saidkarimov chorak finalga chiqdi.
Saida’o musobaqaning ikkinchi davrasida italiyalik Lorenzo Boschini har ikkala setda bir xil 6:4 hisobida taslim qildi.
Endi S.Saidkarimov musobaqaning navbatdagi bosqichida Janubiy Koreya vakili Cheong Kimga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar