
Salani qidirish ishlari yana davom ettiriladi
La-Mansh bo‘g‘ozidan uchib o‘tayotgan samolyotda sirli ravishda g‘oyib bo‘lgan "Kardiff" hujumchisi Emiliano Salani qidirish ishlari tez orada yana qayta boshlanishi mumkin.
Eslatib o‘tish lozimki, bundan bir necha kun oldin politsiya argentinalik futbolchini qidirish ishlarini to‘xtatgani haqida e’lon qilingan edi. Biroq, futbolchining oila a’zolari hamda do‘stlari alohida qutqaruvchilarni yollab, uni qidirishda davom etishmoqchi.
Bundan avvalroq Messi, Aguero, Iguain va Otamendi kabi futbolchilar politsiyadan Salani qidirishni to‘xtatmaslikni so‘rashgan edi.
Fikrlar