Saloh yaqin 3-4 yil ichida "Liverpul"dan ketmaydi
Misr terma jamoasi sobiq futbolchisi Mido "Liverpul"da to‘p surayotgan hamyurti Muhammad Salohning kelajagi borasida gapirib o‘tdi.
"Men Salohning yaqinlari bilan gaplashganimda, uning yaqin yillar ichida "Liverpul"dan ketishni rejalashtirmayotgani haqida aytishdi.
U o‘zini "Liverpul"da juda yaxshi ko‘rsatdi va o‘ylaymanki yaqin 3-4 yil ichida Saloh shu erda qoladi", - deydi Mido.
Eslatib o‘tamiz, joriy yoz Salohga "Barselona" va "Real" kabi grand klublardan jiddiy qiziqishlar bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.



Fikrlar