Samir Xandanovich: Sardor bo‘lish faxr bag‘ishlaydi
Milanning “Inter” klubi darvozaboni Samir Xandanovich unga sardorlik bog‘ichining topshirilgani haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
34 yoshli sloveniyalik posbon “neradzurrilar” sardori sifatida ilk uchrashuvini kecha Evropa ligasi doirasida “Rapid”ga (0:1) qarshi bahsda o‘tkazdi. Eslatib o‘tamiz, bungacha sardorlik bog‘ichi Mauro Ikardiga tegishli edi.
“Har qanday futbolchi uchun katta jamoaning sardori bo‘lish faxr bag‘ishlaydi. Ammo biz “Inter” haqida gapirishimiz kerak, alohida bitta futbolchi haqida emas”, - deydi Xandanovich.

Fikrlar