
Sanches yozda “Manchester Siti”ning asosiy “nishon”iga aylanadi
“Arsenal” klubi hujumchisi Aleksis Sanches faoliyatini Angliya Premer-ligasining boshqa bir jamoasida davom ettirishi mumkin. Chililik futbolchi “Manchester Siti”ning yozgi transferlar mavsumida asosiy “nishon”laridan biri bo‘lishi mumkin.
Xosep Gvardiola yozgi transferlar uchun 300 mln funt olgan, deya xabar beradi Manchester Evening News nashri jurnalisti Jeyms Robson.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Monako” a’zosi Bernardu Silva bilan shartnoma imzolash bu katta kampaniyaning boshlanishi ekanligi aytilmoqda.
Fikrlar