Sanjar Germaniya kortlarini zabt etishni boshladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Sanjar Fayziev bugun Germaniyada start olgan ITF tasnifidagi turnirdagi yurishini boshladi. Sovrin jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirning ilk bosqichida hamyurtimiz chernogoriyalik Rezart Chungu bilan kuch sinashdi.

1 soat 35 daqiqa davom etgan o‘yinda Sanjar  6:2, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi va ikkinchi davraga yo‘l oldi.

Bu bosqichda Fayziev shveytsariyalik Mirko Martines bilan kuch sinashadi. Ushbu o‘yin 6 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 13.00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!