Sarri Kurtuaning "Chelsi"dan ketmasligiga umid qilmoqda

  • 04.08.2018 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri belgiyalik darvozabon Tibo Kurtuaning jamoadan ketmasligiga umid qilmoqda.

“Ayni damda Kurtua “Chelsi” darvozaboni hisoblanadi. Lekin kelajakda ham shunday bo‘lib qoladimi yoki yo‘q buni bilmayman. Bu klubga va futbolchining o‘ziga bog‘liq. Ammo, umid qilamanki Kurtua bizning darvozabonimiz bo‘lib qoladi”, - deydi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kurtuaning “Real”ga o‘tishga yaqin turgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, “aristokratlar” uning o‘rniga munosib nomzod topa olishmagach bu fikridan qaytishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!