Serena Uilyamsning to‘xtash niyati yo‘q

Melburn shahrida "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatining ikkinchi kunida birinchi davra bahslari davom etmoqda.

Unda amerikalik Serena Uilyams germaniyalik Tatyana Mariyani 6:0, 6:2 hisobida taslim qildi va ikkinchi davraga yo‘l oldi.

Endi "Australian Open"da Serena mazkur chempionatda kanadalik Ejeni Bushar, yoki xitoylik Pen Shuayga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!